Yangiyo‘lda taksichini o‘ldirib, mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi
Joriy yil 4-oktyabr kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan 25 yoshli yigitni o‘ldirib, so‘ng uning mashinasini yoqib yuborishda gumonlangan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, voqeaga ular o‘rtasidagi pul qarzi sabab bo‘lgan.
Gumonlanuvchi jinoyat ishi doirasida Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam o‘ldirish) va 267-moddalari (Transport vositasini olib qochish) bilan tergovga jalb qilindi. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, marhumning jasadi yonayotgan mashinadan 300 metr uzoqlikdan topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter