Yangiyo‘l tumanida 5 kishini qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
Yangiyo‘l tumanida 5 nafar shaxsni qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs protsessual tartibda ushlangani haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi shaxs (1995-y.t.) jabrlanuvchi erkak (marhum)ning qarindoshi hisoblanib, u ushbu jinoyatni o‘rtalaridagi mavjud qarz munosabati sababli sodir etgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Marhumlar: 1991-y.t. erkak, 1999-y.t. ayol, 2021 va 2022-y.t. o‘g‘il bola va 2018-y.t. qiz — bir oila a’zolari bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter