Yangi yilning birinchi kunida qancha chaqaloq tug‘ildi?
Yangi yilning birinchi sutkasida 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda 2316 nafar, 2023-yilda 2155 nafar, 2024-yilda esa 1859 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.
2025-yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning:
- 845 nafari qiz,
- 796 nafari o‘g‘il.
Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (244 nafar) tug‘ildi.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:
Samarqand viloyati — 186 nafar,
Qashqadaryo viloyati — 181 nafar,
Surxondaryo viloyati — 172 nafar,
Toshkent viloyati — 150 nafar,
Toshkent shahri — 139 nafar,
Andijon viloyati — 90 nafar,
Jizzax viloyati — 87 nafar,
Buxoro viloyati — 86 nafar,
Xorazm viloyati — 83 nafar,
Qoraqalpog‘iston R. — 71 nafar,
Namangan viloyati — 65 nafar,
Sirdaryo viloyati — 45 nafar,
Navoiy viloyati — 42 nafar.
Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, ya’ni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter