Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yangi koronavirus aniqlandi — odamlarga yuqishi mumkin

Xitoyda yangi koronavirus aniqlandi — odamlarga yuqishi mumkin

Illyustrativ foto

Xitoylik virusologlar ko‘rshapalaklarning yangi koronavirusini aniqlashdi, u ham COVID-19 singari odamlarga yuqishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Bu virus Gonkongda yapon ko‘rshapalagida birinchi mart aniqlangan HKU5 koronavirusining yangi tarmog‘i hisoblanadi.

Xitoy fanlar akademiyasining Guanchjoudagi bo‘limi, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti olimlari Guanchjoudagi laboratoriyada virusni chuqur o‘rganishdi. Ta’kidlanishicha, ko‘rshapalaklar namunalaridan olingan yangi virus inson hujayralarini zararlay oladi.

Hozircha xavotirga o‘rin yo‘q, biroq yanada chuqurroq tadqiqotlar o‘tkazilishi lozim, deyilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring