Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi — ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Hukumatining a’zolari — Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter