Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zagroinspeksiya Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

O‘zagroinspeksiya Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

«Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF-164-son, 22.10.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zagroinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi  bo‘ysunuvi o‘tkazildi.

O‘zagroinspeksiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

  • bug‘doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo‘natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;
  • bug‘doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug‘doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko‘ra sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug‘doy sinflari (sifat sertifikati) bo‘yicha sertifikatlashni nazorat qilish;
  • import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik va ko‘chat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;
  • barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta’mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o‘tkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring