Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzAuto Motors narxlar oshirilishini e’lon qildi

UzAuto Motors narxlar oshirilishini e’lon qildi

UzAuto Motors 2024 yilning 2-yarmida Damas, Labo va Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha ravishda oshirishini ma’lum qildi. Narxlar 3,5 – 6,7 foiz oralig‘ida oshiriladi.

Narxlar ko‘tarilishi e’lon qilingan bo‘lsada, hozirda bu modellar uchun kontraktatsiya ochilgani yo‘q. Kompaniya Damas, Labo va Cobalt uchun shartnomalar ochilish sanasi keyinroq e’lon qilinishini qayd etdi.

«Kontraktatsiya uchun ochiladigan qo‘shimcha hajm 2024 yilning ikkinchi yarmida ishlab chiqarilishi hisobga olgan holda, Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarining narxi 3,5 – 6,7 foizgacha bo‘lgan oraliqda qayta ko‘rib chiqiladi», – deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, endilikda UzAuto Motors o‘z dilerlariga keyinchalik sotish uchun avtomobillarni xarid qilish imkoniyatini beradi. Dilerlarga avtomobil uchun tavsiya etilgan chakana qiymat ham belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, avtomobillarning yangi narxlari quyidagicha bo‘ladi:

  • Cobalt GS-Style Plus MT – 133 598 000 so‘m (hozirgacha 124 264 000 so‘m edi);
  • Cobalt GX-Style Plus AT – 156 589 000 so‘m (hozirgacha  146 757 000 so‘m edi).
  • Damas D2 DLX Style Plus – 100 325 000 so‘m (hozirgacha  96 932 000 so‘m edi).

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors oxirgi marta avtomobillar narxini o‘tgan yili kuzda oshirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring