Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uch nafar migrant Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

Uch nafar migrant Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

Illyustrativ foto

Harbiy ro‘yxatda turmaganligi uchun birinchi marta migrantlar Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi. Bu haqda Xabarovsk o‘lkasi ichki ishlar migratsiya boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, avgust oyida uch nafar tojikistonlik RF fuqaroligini olib, Rossiya fuqarosidan talab qilinadigan barcha shartlar yozilgan hujjatlarga imzo chekkan. Ammo ular harbiy ro‘yxatda turish haqidagi majburiyatni bajarmagan.

Politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan bu fuqarolarning pasporti olib qo‘yilgan. Endi ular Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring