Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida bepisand amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida bepisand amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Shoxruxiya shaxristoni» arxeologiya yodgorligining 16 gektar yer maydoni qonunchilik talablariga zid ravishda xususiy korxonaga uzoq muddatga ijaraga berib yuborilgani aniqlandi.

Oqibatda, ushbu yodgorlik hududida o‘zboshimchalik bilan qazilma ishlari olib borilib, tarixiy ob’yektga juda ko‘p miqdorda 315 mln. so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanida qurilish hamda kadastr bo‘limi mansabdor shaxslari «H.Olimjon» mahallasida joylashgan «Qiyritepa» arxeologiya yodgorligining 0,4 gektar yer maydonida noqonuniy ravishda suv inshoatining qurilishiga yo‘l qo‘yishi oqibatida tarixiy ob’yektga juda ko‘p miqdorda 180 mln. so‘m zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring