Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkin Muhitdinov ekologiya tizimida mas’ul lavozimni egalladi

Erkin Muhitdinov ekologiya tizimida mas’ul lavozimni egalladi

Erkin Muhitdinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida mas’ul lavozimga tayinlandi.

Tegishli hujjatga ko‘ra, Erkin Madorbekovich Muhitdinov Ekologiya vazirligining O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 2024-yilning oktyabr oyida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmatdagi qator kamchiliklari sabab Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

Erkin Muhitdinov viloyat hokimiga 2024-yil 20-may kuni birinchi o‘rinbosar etib tayinlangan. Undan oldin, 2023-yilning avgust oyidan Ohangaron tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring