Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tonirovka» uchun soxta ruxsatnoma sotganlar ushlandi. Ruxsatnomani xavfsiz va onlayn olish yo‘li eslatildi

«Tonirovka» uchun soxta ruxsatnoma sotganlar ushlandi. Ruxsatnomani xavfsiz va onlayn olish yo‘li eslatildi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi 1991-yilda tug‘ilgan Mirolim ismli shaxs jinoiy sheriklari bilan qalbaki ruxsatnomalarni sotib kelgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, firibgarlar 2022-yilning iyul oyidan 2023-yilning mart oyiga qadar jami 241 nafar fuqaroga qalbaki ruxsatnomalarning har birini 2 mln 400 ming so‘mdan pullab kelgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoiy guruhga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 228-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

My.gov.uz portali ruxsatnomani oson va shaxsan rasmiylashtirish imkoniyati borligini eslatdi.

«Buning uchun hatto uydan chiqishga hojat yo‘q. Internetga ulangan qurilma bo‘lsa kifoya. My.gov.uz dan foydalanganlik uchun 10 foizlik chegirma ham bor!» deyiladi xabarda.

Xizmatdan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma ham taqdim etilgan:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring