Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston terma jamoasi Rossiya taklifini qabul qilmadi

Tojikiston terma jamoasi Rossiya taklifini qabul qilmadi

Tojikiston futbol federatsiyasi Rossiya futbol ittifoqining noyabr oyida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifini rad etdi. Bu haqda TASS agentligiga Tojikiston futbol federatsiyasi vakili ma’lum qilgan.

«RFI iyun-iyul oylaridayoq taklif bilan chiqqandi, ammo bizda noyabr oyiga boshqa uy o‘yinlari rejalashtirilgan», dedi tashkilot.

2022-yilning bahorida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tavsiyalaridan kelib chiqib, Rossiya terma jamoasini, shuningdek, Rossiyaning barcha klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qildi. Bunga Ukrainaga bosqin sabab bo‘ldi. 

Rossiyalik futbolchilar JCh-2022 pley-off bosqichini, jahon chempionatining o‘zini va 2024-yilda Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatini o‘tkazib yuborishdi.

5-sentyabr kuni Rossiya terma jamoasi Xanoyda Vetnam terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 3:0 hisobida yakuniga etdi. 7-sentyabr kuni Xanoyda Rossiya va Tailand terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini to‘fon sababli qoldirildi. Pokiston termasi ham Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tortdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring