Tojikistonda 1,5 mingdan ortiq folbin hibsga olindi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi joriy yilning may oyidan buyon 1,5 mingdan ortiq sehrgarlik va folbinlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni hibsga olgan.
Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Ichki ishlar vazirligi tadbiridagi chiqishida ma’lum qildi.
Shuningdek, 5 mingdan ortiq yarim savodli mullalar aqidaparastlik va radikal qarashlari uchun ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan.
Tojikiston yetakchisi, shuningdek, ekstremizmga qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash davlatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, ichki ishlar organlari jamoat tartibi va osoyishtaligini mustahkamlash bo‘yicha aholi bilan profilaktika ishlarini kuchaytirishi zarurligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston hukumati sehrgarlik va fol ochishga qarshi kurash e’lon qilgan va ularni 6 oygacha majburiy mehnatga majburlanishi haqida ogohlantirgan edi.
Mamlakat Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, «Jodugarlik va fol ochish» bo‘yicha jinoiy javobgarlik, agar ushbu harakatlar xuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil ichida sodir etilgan bo‘lsa, yuzaga keladi. Biroq, ushbu moddada qanday jazo nazarda tutilgani aytilmagan.
«Aziya-Plyus» nashrining aniqlik kiritishicha, jodugarlik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy modda bo‘yicha jarima 2 880 dan 3 600 somoniygacha (264 dollardan 330 dollargacha) bo‘lgan. Yil davomida takrorlangan taqdirda esa jarima miqdori 4 320 dan 7 200 somoniygacha (396 dollardan 660 dollargacha) etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter