Sud «Kaptiva»sini odamlar ustiga haydagan haydovchiga hukm o‘qidi
Joriy yilning may oyida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan futbol musoboqasi paytida kelib chiqqan janjal sabab «Kaptiva» rusumli avtomashinasini odamlar ustiga haydagan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittirildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs muqaddam ham sudlangan bo‘lib, jazoni o‘tash davrida o‘ziga tegishli xulosalarni chiqarmagan.
«Ikkinchi aylangan vaqtimda mashinamning burchagi bir bolaga tegib ketdi. Keyin shuncha voqea bo‘ldi, tavakkal dedim-da, stadion darvozasiga qarab haydadim. O‘sha orada mashinani toshbo‘ron qilishdi. Keyin to‘g‘ri chiqib, uyimga ketdim.
Hammadan uzr so‘rayman, tavba qildim. Endi umuman odam yig‘ilgan joyga, to‘yga ham bormayman, va’da beraman. Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman», – deydi u.
Sudda jabrlanuvchilar undan shikoyati yo‘qligini bildirgan bo‘lsa-da, majlisida ushbu shaxsning qilmishlari fuqarolar hayotini xavfga qo‘ygani, mast qiluvchi ichimlik ta’sirida bo‘lgani hamda ikki nafar fuqaroni mashinasi bilan turtib yuborgani hamda uning jabrlanuvchilarga qaramay voqea joyidan qochib ketgani og‘irlashtiruvchi holat deb baholangan.
Sud hukmi bilan erkakka 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli kaloniyada o‘tash belgilangan.
Shuningdek, «Kaptiva» mashinasi jinoyat quroli deb topilgan va davlat foydasiga musodara qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter