Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Soliq qo‘mitasi ikki bankni ogohlantirdi

Soliq qo‘mitasi ikki bankni ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi  haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qilinadi.

Joriy yilning sentyabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o‘tgan va bu haqda Soliq qo‘mitasini xabardor qilmagan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o‘zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba’zi to‘lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Masalan, shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank  4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring