Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ShHT kuzatuvchilar missiyasi Qozog‘istondagi referendum yuzasidan bayonot berdi

ShHT kuzatuvchilar missiyasi Qozog‘istondagi referendum yuzasidan bayonot berdi

Foto: Xabar. uz

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) kuzatuvchilari Qozog‘istonda 6-oktyabr kuni AES qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning legitimligini e’tirof etdi.

“(ShHT) missiyasi referendum ochiqlik va shaffoflik muhitida, fuqarolik jamiyati vakillarining faol ishtirokida, fuqarolar uchun maqbul shart-sharoit yaratilgan muhitda o‘tganini ta’kidlaydi. Missiya Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha respublika referendumi Qozog‘istonning amaldagi qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq holda o‘tkazilganini qayd etadi”, – deya bayonot berdi ShHT bosh kotibi o‘rinbosari, kuzatuvchilar missiyasi rahbari Oleg Kopilov 7-oktyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

AES qurilishi bo‘yicha plebissitni 30 davlatdan kelgan 177 nafar kuzatuvchi, shuningdek, MDH, ShHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash kabi xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatib bordi.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan dastlabki ma’lumotga qaraganda, referendumda ovoz berish huquqiga ega 12 million 284 ming 487 nafar fuqarodan 7 million 820 ming 204 nafari yoki 63,66 foizi qatnashdi. Ularning 5 million 561 ming 937 nafari (71,12 foizi) AES qurilishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 2 million 45 ming 271 kishi qarshi ovoz berdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring