Qozog‘istonga borayotgan fuqarolar ogohlantirildi
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirdi.
So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Mangistau viloyatida 6 o‘zbekistonlik YTH qurboni bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter