Senat yalpi majlisi kun tartibiga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Majlis davomida uning kun tartibiga o‘zgartirish kiritilib, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun ham ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Bugun, shuningdek, «Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», «Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida», «Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida», «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida», «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter