Samolyot uchuvchisi parvoz vaqtida to‘satdan vafot etdi
Turkish Airlines aviakompaniyasining uchuvchisi AQShning Sietl shahridan Istanbulga uchayotgan vaqtda vafot etdi.
59 yoshli samolyot qo‘mondoni Ilchexin Pehlivan Kanada hududi ustida parvoz paytida hushini yo‘qotgan, ekipaj Nyu-Yorkka favqulodda qo‘nishga qaror qildi. Uchuvchi qo‘nishdan oldin vafot etgan.
U 2007-yildan beri aviakompaniyada ishlagan va muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, sog‘lig‘ida hech qanday muammo aniqlanmagan, deydi aviakompaniya matbuot kotibi.
Pehlivanning o‘limi sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter