Yo‘lovchining ahvoli yomonlashgani uchun Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot ortga qaytdi
Bugun, seshanba kuni Toshkentdan Moskvaga parvoz qilgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
«Parvoz payti yo‘lovchilardan birining ahvoli og‘irlashgani sababli ekipaj samolyotni aeroportga qaytarishga qaror qildi», — deyiladi Uzbekistan Airways bayonotida.
Yo‘lovchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, uning birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
Shundan so‘ng samolyot Toshkent vaqti bilan 7:35 da Moskva tomon uchib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter