Samarqandda «KamAZ» o‘z yo‘nalishidagi 7 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi
1-oktyabr, seshanba kuni Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining 42 kilometirida «KamAZ» yuk transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Viloyat IIB YHXB bergan ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasining tormoz qismida nosozlik yuzaga kelganligi sabab, u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yettita yengil transport vositalarining ortidan kelib urilgan.
Hodisada tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmagan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter