Raqobat qo‘mitasi «MAXAM-CHIRCHIQ» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ xujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.
Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan «MAXAM-CHIRCHIQ» AJga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, ushbu omil qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita ta’sir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter