Qashqadaryoda Navro‘z saylida portlash sodir bo‘ldi: 37 kishi jarohatlangan
2024 yilning 18 mart kuni Ko‘kdala tumanida o‘tkazilayotgan saylda gaz chaqnashi natijasida gaz balon portlab ketgan.
Oqibatda 37 kishi yong‘in tufayli turli darajada jarohat olib, shifoxonaga olib kelingan hamda 7 nafari statsionar tartibda shifoxonaga yotqizilgan. 17 nafarining ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois ambulator ko‘rikdan o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 13 nafarida jiddiy tan jarohatlari aniqlanmaganligi sababli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tuman prokururaturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter