Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Profilaktika inspektorini urgan shaxslar qamoqqa olindi

Profilaktika inspektorini urgan shaxslar qamoqqa olindi

2024 yil 23 iyul kuni soat 17:30 larda Samarqand shahar Siyob mahallasida yashovchi fuqaro navbatchilik qismining «102» qisqa raqamiga murojaat qilib, Oqdaryo tumani  «Navro‘z» mahallasi Zarafshon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldida notanish fuqarolar unga tegishli «Nexia-3» rusumli avtomashinasining oynalarini sindirib, o‘zini urib, tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan.

Chaqiruvga asosan Oqdaryo tumani ichki ishlar bo‘limi inspektori katta leytenant O‘tkir Burqiyev voqea joyiga yetib borib, janjal qilgan fuqarolarni «Navro‘z» mahallasida joylashgan xizmat xonasiga olib boradi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida murojaat qilgan fuqaro bilan suhbatlashib turgan vaqtida qo‘rqoq oldin musht ko‘tarar deganlaridek, huquqbuzarlar 35 va 19 yoshli yigitlar hamda 45-50 yoshlar atrofidagi ayol «nima uchun xizmat xonasiga birinchi bizni kiritmaysan, biz ham «102» raqamiga murojaat qilganmiz», deya janjal ko‘taradi.

Inspektor ishiga xalal bermay turishini, navbat bilan gaplashishini aytgan vaqtida ular xodimni haqoratli so‘zlar bilan so‘kib, xonadan chiqib ketadi. Inspektor ularga ketib qolmasligini, qolaversa holat bo‘yicha tushuntirish xatlari olishi lozimligini aytgan vaqtida, ayol kishi kelib xodimning kiyimidan tortib qattiq haqoratlaydi. Jahl kelsa, aql ketadi naqliga muvofiq,  g‘azabi qaynagan ikki erkak mushtiga zo‘r berib, shu vaqtda profilaktika inspektorini urib-tepadi va yiqitib tanasining turli joylariga tan jarohati yetkazadi.

Shundan so‘ng uchchala fuqaro ham o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinaga o‘tirib, voqea joyidan ketib qoladi.

Mazkur holat yuzasidan  Oqdaryo tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda 3 nafar gumonlanuvchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring