Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida «Yashil makon» loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko‘rib chiqilgani, ulardan 30 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilganini qayd etdi.
Jumladan, Kasbi, Qarshi, Baxmal, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga «hayfsan» berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter