Poytaxtga Bosh shifokor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Isabekov Botirbek Abdulla o‘g‘li Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
B. Isabekov 2001-yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2003 yili Birinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining ordinatura bosqichlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Uchtepa tumanidagi 30-son oilaviy poliklinika hamda ushbu tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor muovini, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
B. Isabekov tayinlovga qadar Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, B. Isabekov ushbu lavozimda bir muddat oldin Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlani aytilgan Anvar Alimov o‘rnini egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter