Peruning sobiq prezidenti 20 yilu 6 oyga qamaldi
Peru sudi sobiq prezident Alexandro Toledoni Braziliyaning Odebrecht qurilish korporatsiyasidan pora olgani uchun 20 yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qildi.
Qayd etilishicha, Peruning oliy jinoiy sudi 2001-2006 yillarda oliy davlat lavozimini egallab kelgan Toledoni korrupsiya, fitna va o‘zlashtirishda aybdor deb topdi.
Sudya Ines Roxas tomonidan o‘qilgan hukm matnida aytilishicha, «78 yoshli Toledo Okeanlararo avtomagistralning 2 va 3-qismlarini qurish bo‘yicha shartnomani braziliyalik kompaniyaga berib, davlatga zarar yetkazgan».
2023 yilning 24 aprelida AQSh korrupsiyada ayblangan Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledoni ekstraditsiya qilishga qaror qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter