Parij-2024: Avstraliyalik ikki sportchida koronavirus aniqlandi
Parijdagi Olimpiya o‘yinlari arafasida Avstraliya suv polosi bo‘yicha terma jamoasining ikki a’zosida koronavirus aniqlanib, alohida davolanishga o‘tkazildi. Bu tashrif buyurgan sportchilarda kovid aniqlangan ilk holatlar. Umuman olganda, Olimpiada arafasida Fransiyada koronavirus bilan kasallanish ko‘payishi kuzatilmoqda, deb xabar berdi Reuters.
«Biz COVIDni grippga o‘xshash boshqa yuqumli kasalliklar kabi davolaymiz. Bu Tokio emas», — dedi Avstraliya olimpiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Anna Mirs matbuot anjumanida.
Ta’kidlanishicha, suv polosi jamoasining boshqa a’zolari niqoblardan foydalanib, masofa saqlaydi (ochig‘i, bu sport turida niqob taqib, qanday masofa saqlanishini tasavvur qilish qiyin tahr.).
Fransiya hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa mamlakatda kovid bilan kasallanish holatlari xavotirli darajada ko‘p emas, deya bayonot berdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Frederik Valletu ta’kidlashicha, niqob taqib yurish shart emas, chunki kasallanayotganlar — sanoqli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter