Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi

«O‘zgidromet» haftalik prognozni e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 2-6 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.

2-6 dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 5 dekabrda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mukin.

Poytaxtimizda: 2-6 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s telikda esadi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduz kunlari 6-9 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring