O‘zbekistonlik mutaxassis Afg‘oniston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Usmon Toshev qo‘shni mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.
Qayd etilishicha, tomonlar 1 yillik shartnoma imzolagan. Qobulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda e’lon qilingan.
59 yoshli Usmon Toshev futbolchilik faoliyati davomida «Nurafshon Buxoro», «Zarafshon», «Paxtakor», «Solnok» (Vengriya), «Keratsini» (Gretsiya) va O‘zbekiston milliy jamoasida faoliyat yuritgan bo‘lsa, murabbiy sifatida «Buxoro», «Nasaf» klublarini boshqargan, shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 2018-2021 yillar davomida Tojikiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Usmon Qudratovich hozirgacha O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston terma jamoasi FIFA reytingida 152-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter