Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Parkinson kasalligi ilk bor chip bilan davolandi

O‘zbekistonda Parkinson kasalligi ilk bor chip bilan davolandi

Parkinson kasalligi hozirgi zamon neyroxirurgiya va nevrologiyasining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, jahon miqyosida har 1000 ta odamdan 1-3 tasida (0,1-0,3%) kuzatiladi.

Mamlakatimizda ham ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni so‘ngi vaqtlarda ortib bormoqda.

26-dekabr kuni SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasida Turkiyaning Istanbul shahridagi Medical Park klinikasi yetakchi mutaxassisi, professor Said O‘zturk ishtirokida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar va master-klass tashkil etildi. Istanbul shahridagi ushbu klinikada bir yil davomida neyroxirurgiyaning barcha sohalarini qamrab olgan mingdan ortiq har xil turdagi murakkab texnologiyali neyroxirurgik operatsiyalar o‘tkazilgan.

SamDTU huzuridagi Ko‘p tarmoqli klinikasida joylashgan SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi va klinikasida mamlakatimizda birinchi marta Parkinson kasalligini xirurgik davolash bo‘yicha murakkab texnologiyali miniinvaziv operatsiya o‘tkazildi.

5 yildan beri ushbu kasallik bilan og‘rib kelayotgan 63 yoshli bemorning bosh qismiga chip o‘rnatish orqali operatsiya muvaffaqqiyatli amalga oshirildi.

Ushbu murakkab texnologiyali operatsiya mamlakatimiz neyroxirurgiyasida Parkinson kasalligini xirurgik yo‘l bilan davolashdagi ilk qadam bo‘ldi. Operatsiyadan so‘ng SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi va Turkiyaning Istanbul shahridagi Medical Park klinikasi o‘rtasida kadrlar tayyorlash, SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neoreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazida Parkinson xirurgiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring