O‘zbekistonda aholi to‘qqiz oyda yarim milliondan oshiqqa ko‘paydi
O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 61,7 ming kishiga oshgan. Aholi soni har kuni o‘rtacha 2 ming kishiga oshmoqda.
Prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2024 yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga ko‘paygan.
2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2 ming kishiga ko‘paymoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter