O‘zbekiston World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
O‘zbekiston boks federatsiyasi IBA’ni tark etib, World Boxing xalqaro boks tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu qaror IBA a’zosi bo‘lgan milliy federatsiyalar vakillariga 2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish taqiqlangani bilan bog‘liq.
World Boxing O‘zbekistondan tashqari, Qozog‘iston, Gvatemala va Laosning a’zolik arizasini qabul qilgan va shu tariqa, tashkilotga a’zo milliy federatsiyalar soni 55 taga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter