Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazildi

2004 yilda, Mustaqillik kuni arafasida ochilgan O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi mana 20 yildirki, tomoshabinlarni mamlakatimizning boy badiiy madaniyati va xorijiy mamlakatlarning san’ati bilan tanishtirib kelmoqda.

Faoliyati davrida Galereyada nafaqat respublika, mintaqa ahamiyatiga, balki xalqaro ahamiyatga ham molik bo‘lgan turli keng ko‘lamli madaniy tadbirlar o‘tkazildi. Hozirgi vaqtda Galereya bu – faqat respublikadagina emas, balki chet elda ham mashhur bo‘lgan, o‘ziga xos madaniy markazdir.

Bugungi o‘zbek rassomlarining ijodi umumiy ko‘rinishda yaxlit o‘zbek madaniyatining milliy o‘ziga xosligini shakllantiradigan turli badiiy maktablar, an’analar, ijodiy izlanishlar uyg‘unligini namoyon qiladi. Ba’zi rassomlarning ijodida asrlar qa’ridan kelayotgan milliy qirralarning yig‘indisi to‘liqroq aks etsa, boshqalarining ijodida faqat o‘tgan yillar tajribasigina emas, balki ham XX-asr badiiy amaliyoti, ham zamonaviy voqelikdan bunyod bo‘lgan yangilik sezilib turadi.

Galereya ochilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tomoshabinga quyidagi ekspozitsiyalarni taqdim etadi:

- O‘zbekiston tasviriy san’atining vujudga kelishi manbalari boshida turgan P. Benkov, L. Bure, O. Tatevosyan, Z. Kovalevskaya, V. Ufimsev, N. Kashina, R. Axmedov, R. Temurov, N. Qo‘ziboyev kabi va boshqa ko‘p rassomlarning asarlari taqdim etilgan «XX asrning birinchi yarmidagi O‘zbekiston san’ati». Badiiy-uslubiy yo‘nalishlarning ko‘p qirraligi va o‘zaro ta’siri, keng mavzu doirasi, ijodiy individualliklarning xilma-xilligi ularning ijodini boshqalardan ajratib turadi;


- Zamonaviy O‘zbekiston tasviriy san’ati Akmal Nur, F. Ahmadaliyev, G‘. Qodirov, R. Akromov, Sh. Abdullayeva,M. Esonov, M Qoraboyev kabi zamonaviy rassomlar ijodida yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarixiy-madaniy meros va milliy badiiy an’analarni anglash, saqlab qolish va rivojlantirish ekspozitsiyaning bu bo‘limida o‘z aksini topadi.

- «Grafika». Grafik asarlar kolleksiyasi O‘zbekistonda grafika san’atining yuzaga kelishi va rivojlanishini namoyish qiladi. Har bir asar tomoshabinni o‘zining syujetli mazmundorligi bilan lol qoldiradi va o‘ziga jalb etadi, kompozitsion tuzilish, jonli chiziqlar va ko‘p jiloli ranglar tomoshabinga hayratlanarli olamga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Ekspozitsiyaning bu bo‘limi amalda 100 yilni qamrab olgan keng vaqt diapazoni va V. Ufimsev, N. Kashina, M. Kurzin, Ch. Ahmarov, M. Kagarov, L. Ibragimov, A. Mamajonov, N. Xolmatov, D. Kaipova, V. Useinov, T. Fadeeva, G. Sultonova, L. Boboyeva kabi boshqa ko‘p mualliflar orqali taqdim etilgan.

- «Shakl va makon». Galereya kolleksiyasidagi haykaltaroshlik asarlari, avvalambor, borliqni o‘ziga xos tarzda ko‘rish, uni his qilish, badiiy ifodalilik, atrofimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar jarayoniga munosabatni mujassamlashtirgan. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning Azamat Hotamov, Qurbon Norxo‘rozov, Daribay Tojimurotov, To‘lagan Tojixo‘jayev To‘lagan Yorqulov, Turkman Esonov, Ergashali Tojiboyev, Ravshan Mirtojiyev, Lyudvig Nesterovich, Nazira Qo‘ziyeva, Marina Borodina, Anush Avakyan, Abdug‘affor Esonaliyev, Albert Ovsepyan, Vasiliy Popov, Muxtor Obloqulov, Bayot Muxtorov va Ulash O‘roqov kabi haykaltaroshlarining asarlari taqdim etilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring