Ozarbayjonda abituriyentlarning 67 foizi talabalikka qabul qilindi
2024-yilda Ozarbayjon tarixida oliy ta’lim muassasalari (OTM)ga eng ko‘p talaba qabul qilindi. Bu haqda Azərbaycan Universitetləri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Kaspiyorti mamlakati OTMlariga jami 55 656 talaba (jumladan, 7 287 nafar subbakalavr) qabul qilingan.
Avvalroq mamlakat Davlat imtihon markazi OTMlarga kirish uchun imtihonlar natijasini e’lon qilib, abituriyentlar soni 82 883 nafarni tashkil etganini ma’lum qilgandi.
Shulardan 55 656 nafari (7 287 nafari — subbakalavr) OTMlarga qabul qilingan. Davlat buyurtmasi asosida — 27 117 nafar (1 579 nafari — subbakalavr), to‘lov shartnomasi asosida — 28 539 nafar (5 708 nafari — subbakalavr) talaba OTMlarga qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda oliy ta’lim olish uchun test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar jami soni 737 351 nafarni (2023-yilga nisbatan 151 ming nafar kam) tashkil etgan. 2024/2025-o‘quv yili uchun OTM bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga davlat granti asosida 34 838 nafar talabani qabul qilish belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter