Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon va Gruziyadagi isroilliklarga zudlik bilan ortga qaytish buyurildi

Ozarbayjon va Gruziyadagi isroilliklarga zudlik bilan ortga qaytish buyurildi

Isroil mudofaa kuchlari 11-avgust kuni Gruziya yoki Ozarbayjonda ayni paytda xizmatda bo‘lmagan barcha askar va zahiradagi askarlariga zudlik bilan Isroilga qaytishni buyurgan. Bu haqda Kan radiosi ma’lum qilmoqda. 

«Bu ko‘rsatma Eronning Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun o‘ch sifatida ushbu mamlakatlardagi nishonlarga zarba berishi ehtimolidan qo‘rqish fonida chiqarilgan», – deb yozadi The Times of Israel.

Radioning SAXALga tayanib xabar berishicha, idora «doimiy ravishda tahdidlarni baholab boradi va harbiy xizmatchilar kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini yangilaydi».

12-avgust kuni esa Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Tomer Bar mamlakatdagi harbiy xizmatchilarning chet elga ta’tilga chiqishini taqiqlovchi buyruq chiqardi. Bar xodimlarning uchrashuvlar yoki treninglar uchun chet elga sayohati individual asosda qayta tasdiqlashni talab qilishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 31-iyulga o‘tar kechasi Tehronda Eronning yangi prezidenti Masud Pezeshkyan inauguratsiyasiga kelgan HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘ldirilgan edi. Eron hukumati esa bunda Isroilning qo‘li borligi haqidagi bayonot bilan chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring