Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili «ipoteka» bo‘yicha jami talabgorlarning bor-yo‘g‘i 5 foizi subsidiya olgan

O‘tgan yili «ipoteka» bo‘yicha jami talabgorlarning bor-yo‘g‘i 5 foizi subsidiya olgan

2023-yilning may-dekabr oylari mobaynida ipoteka kreditlari bo‘yicha talabgorlarining bor-yo‘g‘i 5 foizigagina subsidiya ajratilgan.

Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari majlisida davlat budjetining 2023-yilgi hisobotida ipoteka kreditlari bo‘yicha fuqarolarga jami 1,6 trln so‘m subsidiya to‘lab berilishi belgilangani, hisobot davrida esa 329 998 nafar fuqaro ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza topshirgani, ammo arizachilarning bor-yo‘g‘i 30 ming nafarigagina ijobiy xulosalar taqdim etilgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ijobiy xulosa olingan arizachilarning 15 204 nafariga Respublika va mahalliy budjetlar hisobidan 1,1 trln so‘m subsidiya mablag‘lari to‘lab berilgan.

Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning tushuntirishicha, yuqoridagi holat subsidiya berish bilan bog‘liq komissiya o‘rganishlari xulosalari bilan bog‘liq.

«Subsidiya olish uchun ariza bergan talabgorlarning yarmidan ko‘pi (190 ming nafarga yaqini) tegishli talablarga javob bermaydi.

Masalan, ularning 85 ming nafarida uy-joylari mavjud. 47 ming nafarga yaqinida esa daromadi mavjud emas. Ya’ni subsidiya olgandan keyin ertaga kreditning foizi, asosiy qismini to‘lashi kerak. Yoki ularga biror kishi kafolat ham bermagan. Bir so‘z bilan aytganda talabgorlarning 55 foizi yetarli ball to‘play olmagan», – deydi vazir.

Qo‘chqorov, shuningdek, kelgusida subsidiya uchun ajratilgan mablag‘larni to‘liq o‘zlashtirishga doir qator ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring