Onlayn kredit bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etilmoqda
Endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.
Ushbu talabning o‘rnatilishi kredit olish bo‘yicha ariza fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga yana bir bor oydinlik kiritish imkonini beradi.
Bundan tashqari, fuqaro kredit tashkiloti mobil ilovasidan yangi ro‘yxatdan o‘tib yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirib, birinchi marta onlayn kredit olganda, mazkur kredit ajratilganidan boshlab 48 soat davomida kredit hisobidan ayrim operatsiyalarga (P2P, chet elga pul o‘tkazmalari, onlayn valyuta ayirboshlash va b.) cheklovlar o‘rnatilishi belgilanmoqda.
Mazkur tartib 2024 yilning 1 noyabridan 2025 yilning 1 apreliga qadar amal qiladi.
Aytilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida firibgarlik yo‘li bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 mlrd. so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter