Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Navoiy viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mullajanov Abdukaxor Fayzulloyevich Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

A.Mullajanov tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Abduqahhor Mullajonov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasida boshlagan.

Eslatib o‘tamiz Mullajonovga qadar Navoiy viloyati prokurori vazifasida ishlagan Azamat Mirzayev shu yilning 4 mart kuni Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring