Mashhur aktyor hisobchisi 50 mln dollarga chuv tushirganini aytdi
Gollivud yulduzi 84 yoshli Al Pachino o‘z xotiralari to‘plangan «Sonny Boy» («O‘g‘il bola») kitobida bir paytlar firibgar hisobchisi uni 50 mln dollarga chuv tushirganini esladi.
Uni 2011-yilda ko‘plab mashhurlar bilan ishlovchi bu hisobchiga ishonib bo‘lmasligi haqida ogohlantirishgan ekan.
O‘sha yili u Beverli-Hillzdagi koshonani ijaraga olgan; butun oilasini to‘plab Gulfstream 550 samolyotida Yevropaga sayohat qilgan; Londondagi Dorchester mehmonxonasining bir qavatini ijaraga olgan edi.
«Hech vaqosiz qolgandim. 50 mln dollarimdan bir chaqa qolmagandi. Ko‘chmas mulkim bor, ammo pulim yo‘q edi», — deb yozdi aktyor.
Al Pachinoning aytishicha, kino biznesida «bitta film uchun to‘lanadigan 10 mln dollar gonorar — 10 mln dollar emas». Bu puldan agent, yurist, piarchi va soliq organi o‘z ulushini oladi.
Aktyorning cho‘ntagiga 10 millionning 4,5 millioni kelib tushadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter