Marokash xorijiy sayyohlarning puliga cho‘milmoqda
Marokash avgust oyida sayyohlik sohasida chet el valyutasida misli ko‘rilmagan darajada ko‘p — $1,7 mlrd daromad oldi. Bu haqda Morocco World News xabar berdi.
Mamlakat turizm vazirligi daromad o‘tgan yilning avgustiga nisbatan 20 foizga oshganini ma’lum qildi.
«Ijobiy an’ana yil bo‘yi davom etib, 2024-yilning dastlabki 8 oyida yalpi daromad 7 foizga oshib, 76,4 mlrd dirhamgacha yetdi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Dollar ko‘rinishida mamlakat turizm sohasining 2024-yildagi daromadi 7,8 mlrd dollardan oshdi.
Ijobiy natijalarni izohlarkan, turizm vaziri Fotim-Zahro Ammor sayyohlik sohasi COVID-19 pandemiyasi inqirozidan chiqilgan paytdan buyon o‘sishda davom etayotganini aytdi.
Marokashga avgustda 1,8 mln, yil boshidan buyon qariyb 12 mln xorijlik sayyoh tashrif buyurdi.
Ammo bu chegara emas, Marokash 2026-yilda chet ellik 17,5 milliondan ortiq sayyohni mamlakatga jalb qilmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter