Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turizm rivoji maqsadida bir qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilinmoqda

Turizm rivoji maqsadida bir qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilinmoqda

Joriy yilning ortda qolgan davri mobaynida mamlakat turizmi salohiyatini xorijda keng targ‘ib etish va ichki turizm oqimini oshirish maqsadida xorijiy va mahalliy telekompaniyalar va internet platformalari bilan hamkorlikda qator loyihalarga qo‘l urildi.

Jumladan, Xitoyning «Ctrip.com» kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnanitilib, «Ctrip.com» internet platformasi orqali O‘zbekiston turizm salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda.

«Voyage Prive» kompaniyasi tijoriy hamkorlik shartlari asosida o‘zining platforma imkoniyatlaridan va keng auditoriyasidan foydalangan holda Fransiya, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya davlatlarida PR-kampaniyalarini tashkil etish va turistlar oqimini O‘zbekistonga yo‘naltirish bo‘yicha hamkorlikka erishildi.

«O‘zbekiston mehmondo‘stligi va jozibador manzillari haqida innovatsion videoroliklar orqali kashf qilish» loyihasi bo‘yicha Germaniyaning «World Media» kompaniyasi bilan hamkorlik qilinyapti.

Loyiha doirasida «Blue Sky» eksklyuziv televizion sayohat dasturida eng mashhur nemis sayyohlik boshlovchisi Kay Pätzmann bilan «Sky one» platformasida debyut ko‘rsatuvi efirga uzatiladi.

Shuningdek, dunyo bo‘ylab umumiy auditoriyasi 2,5 mlrd dan ortiq bo‘lgan Britaniyaning «VVS» va «Wanderlust» kompaniyalari, Yevropaning «Euronews», AQShning «Amadeus» raqamli onlayn platformasi bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarining «Holiday factory» sayyohlik kompaniyasi va «Visa Fasilitation Servises Global» ma’muriyati bilan, «Numa GmbH» kompaniyasi bilan O‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligini markaziy Yevropaning uch davlati Germaniya, Avstriya va Shvesariyaga tegishli sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish, «Lonely Planet» xalqaro nashriyot kompaniyasi tomonidan «Best in Travel 2024» loyihasi orqali O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, «EVERCOM» xizmatidan foydalangan xolda Ispaniyadagi turizm sohasidagi professional xaridorlarni jalb qilish, ATOR – Rossiya turoperatorlari uyushmasining raqamli onlayn platformasi orqali har oy maqolalar va bannerlarni ishlab chiqish va O‘zbekistonning turizm salohiyati va jozibadorligini targ‘ib qilishga doir loyihalar amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Respublikaning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va turistlar oqimini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 28 ta xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga mablag‘ ajratildi.

Bundan tashqari joriy yilning 10 oyi davomida 14 ta xalqaro turizm yarmarkalarida milliy turizm stendi va tadbirkorlik sub’yektlari ishtiroki ta’minlandi. Buyuk Britaniya, Malayziya va Tojikiston davlatlarida Qo‘mita tomonidan madaniy tadbirlar tashkil etilib, mamlakatimizning gastronomik turizm imkoniyatlariga doir taqdimotlar o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring