Lukashenko 2025 yilgi saylovda ishtiroki bo‘yicha javob berdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashishini aytdi, deb yozadi «TASS».
«Ha, men qatnashaman», degan Lukashenko «Rossiya-1» telekanalidagi «60 daqiqa» dasturi boshlovchisi Olga Skabeyevaning savoliga javob berib.
Chorshanba kuni ertalab Belarus parlamenti saylovlarni 26-yanvarga belgilagani ma’lum bo‘ldi.
Lukashenko 1994-yildan beri Belarusda uzluksiz rahbarlik qilib keladi. 2020-yilda saylovlardan so‘ng mamlakatda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi va ular shafqatsizlarcha bostirildi. Saylovda Lukashenkoga raqiblik qilgan Svetlana Tixanovskaya xorijga ketishga majbur bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter