Lukashenko Putinga tug‘ilgan kunida nima sovg‘a qilgani ochiqlandi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Belarus hunarmandlarining asari»ni sovg‘a qilgan. Bu haqda Life.ru nashriga Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont ma’lum qildi.
U bu aynan qanday sovg‘a ekanligini aniqlamadi.
Jurnalistlar bilan suhbatda Lukashenko bu «juda jiddiy sovg‘a» ekanligini ta’kidladi. Ammo tafsilotlarni oshkor qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Lukashenko Putinga traktor sovg‘a qilgandi.
Bungacha Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Putinga tug‘ilgan kuniga maxsus sovg‘a yuborganini ma’lum qilgandi.
7-oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 72 yoshga to‘ldi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning xabar berishicha, Rossiya rahbari o‘sha kunga rejalashtirilgan yopiq ishchi uchrashuvlar o‘tkazgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter