Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Islandiya rasman to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tadi

Islandiya rasman to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tadi

Foto: Topor Live

Islandiya rasman to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tadi — ushbu tajriba sharofati bilan «Muzlik o‘lkasi» Yevropaning eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlaridan biriga aylandi.

2020-2021-yillarda mamlakatning 51 foiz aholisi ish haqi o‘zgartirilmasdan to‘rt kunlik ish tartibiga o‘tkazildi. Natijada iqtisodiyot o‘sishi kuzatilib, ishsizlik darajasi Yevropadagi eng quyi pog‘onalargacha tushdi.

Ekspertlarga ko‘ra, to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilganidan so‘ng mehnat samaradorligi ilgarigicha qoldi, hatto aksariyat yo‘nalishlarda yaxshilandi. Ishchi-xodimlar turmushi ijobiy tomonga o‘zgardi: stress va ishda «kuyish» o‘rnini sog‘lom hayot, ish va shaxsiy turmush o‘rtasidagi muvozanat egallamoqda.

Tajriba kutilganidan ko‘proq natija bergach, Islandiya to‘liq to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishga qaror qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring