Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarga sanoat jadal kirib kelyapti, biroq...

Hududlarga sanoat jadal kirib kelyapti, biroq...

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligidagi yig‘ilishda hududlarga sanoat jadal kirib kelayotgani ta’kidlandi:

  • Jizzaxda ilgari bo‘lmagan qurilish materiallari, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yangi tarmoqlar paydo bo‘lgan.
  • Samarqand, Sirdaryo, Namangan va boshqa hududlarda metallni qayta ishlash bo‘yicha 19 ta yirik loyihalar amalga oshirilgan.
  • Namanganda yangi tashkil etilgan 54 ta kichik sanoat zonasi 2022-yilda 3 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.
  • Kimyo sanoatida oxirgi uch yilda ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga, eksport esa 2 baravarga oshgan.

Shunga qaramasdan, hudud va tarmoqlarning ishlatilmagan imkoniyat va salohiyati hali kattaligi ko‘rsatib o‘tildi.

Misol uchun, Xorazm hududiy sanoat hajmini 8,7 trillion so‘m reja qilgan bo‘lsa-da, mahalliylashtirishni kengaytirish hisobiga buni 10 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud.

Yoki Farg‘onada past quvvatda ishlayotgan 22 ta korxonani aylanma mablag‘lar bilan ta’minlab, qo‘shimcha 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkoni bor.

Shu kabi, Qashqadaryoda 8 ta yirik loyihaga infratuzilma masalasi tezroq hal qilib berilsa, 800 milliard so‘mlik qo‘shimcha zaxira yaratiladi.

Namanganda to‘liq quvvatda ishlayotgan va qo‘shimcha bozori bor 51 ta korxonani kengaytirib, qo‘shimcha 290 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

Yoki 2023-yilda 100 ta mikro-GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Bu loyihalar uchun 10 million dollarlik uskuna zarur bo‘lib, ularni mahalliy korxonalarda bemalol ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring