Halokatga uchragan tankerdan yoqilg‘i yig‘moqchi bo‘lganlar ommaviy halok bo‘ldi
Nigeriya shimolida yoqilg‘i tashuvchi tanker portlashi oqibatida 140 kishi qurbon bo‘ldi.
Bu haqda AFP favqulodda xizmatlardagi manbaga tayanib xabar bermoqda. Halok bo‘lganlarning aksariyati ag‘darilgan bakdan yonilg‘i yig‘ib olmoqchi bo‘lgan.
15-oktyabr kuni Nigeriya shimolidagi Jigava shtatida yoqilg‘i tashuvchi tanker portlab ketdi. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ydi, tanker ag‘darilib ketdi va yonilg‘i drenaj chuquriga to‘kilib ketdi, deb xabar berdi CNN.
«Odamlar halokat joyi atrofida to‘planishdi va bu ommaviy qurbonlarga sabab bo‘ldi. Biz politsiyaning ogohlantirishlariga qaramay, odamlar avariya sodir bo‘lgan joy yaqinida to‘planishda davom etayotganidan xavotirdamiz», dedi politsiya vakili Van Guard gazetasiga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter