Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Agrar universitetidagi yong‘in dastlab unga qo‘shni Agentlikdan boshlangani aytilgandi. Ma’lumot rad etildi

Agrar universitetidagi yong‘in dastlab unga qo‘shni Agentlikdan boshlangani aytilgandi. Ma’lumot rad etildi

Kecha, 30 sentyabr kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universitetiga qarashli binoda yong‘in chiqqan va qariyb 2 soatdan so‘ng o‘chirilgan edi.  

Yong‘indan so‘ng universitetning rasmiy telegram kanalida universitet 28 gektar maydonni egallagani, uning hududida bir qancha tashkilot va idoralar, jumladan, Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi ham joylashgani, kechagi yong‘in esa Agentlik binosining tom qismidan boshlangani aytilgan post paydo bo‘ldi.

Birov mazkur ma’lumotdan so‘ng O‘zA O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmatiga tayanib, yong‘in Agentik binosidan tarqamagani va yuqoridagi iddao «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi» haqida yozdi.

«To‘g‘ri, suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas», – degan Agentlik rasmiysi.

Shu bilan Agrar universiteti rasmiy telegram kanalidagi yong‘inning boshlanishi to‘g‘risidagi post ham o‘chib ketdi.

Rasmiy xabarlarda universitetning aynan qaysi binosi yonib ketgani hamda yong‘in keltirib chiqargan zarar ko‘lami haqida ma’lumot berilmadi.

O‘z navbatida, Toshkent viloyati IIBB universitet hududida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilayotgani haqida xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring