Gvardiola Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin
«Manchester Siti» bosh murabbiysi Xosep Gvardiola Angliya terma jamoasini boshqarishi mumkin, deb xabar berdi The Times.
Angliya futbol assotsiatsiyasi 53 yoshli mutaxassis bilan bog‘lanib, milliy jamoaga taklif qilgan. Gvardiola yaqin haftalarda bir qarorga keladi, deyiladi xabarda.
«Siti»ni 2016-yildan buyon boshqarib kelayotgan Gvardiola uchun bu so‘nggi mavsum bo‘lishi mumkin, jamoa bilan xayrlashib tanaffus qilmoqchi. Shunga qaramasdan «shaharliklar» rahbariyati u bilan uzoq muddatli shartnomaga kelishishdan umidini uzgani yo‘q.
Garet Sautgeytning iste’fosidan so‘ng Angliya terma jamoasi irlandiyalik Li Karsliga topshirildi. Uning qo‘l ostida Angliya Millatlar ligasida to‘rt o‘yin o‘tkazdi — Finlyandiya ikki marta mag‘lub etildi (2:0 va 3:1), Irlandiya ustidan g‘alaba (2:0) va Gretsiyadan mag‘lubiyat (1:2).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter