Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi zapravka 456 mlnlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘onadagi zapravka 456 mlnlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Foto: Energetika vazirligi.

Marg‘ilon shahridagi bitta AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy  foydalanganligi aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahridagi «S.F.G» MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 456 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring